IOT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA AQLLI SUG’ORISH TIZIMINING IQTISODIY SAMARADORLIGI: ESP32 PLATFORMASIDA AMALIY TADQIQOT
Keywords:
Kalit so’zlar: iqtisodiy samaradorlik, aqlli sug’orish, IoT, suv resurslari iqtisodiyoti, investitsiya qaytarilishi, raqamli qishloq xo’jaligi, fermer xo’jaliklari, ESP32Abstract
Suv resurslari tanqisligi sharoitida qishloq xo’jaligini raqamlashtirish nafaqat ekologik, balki iqtisodiy zaruratga aylangan. Ushbu maqolada ESP32 mikrokontrolleri asosida ishlab chiqilgan aqlli sug’orish tizimining iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda tizimning joriy etilish xarajatlari, ekspluatatsiya narxi, suv va energiya resurslari bo’yicha tejamkorlik ko’rsatkichlari, investitsiya qaytarilish muddati (ROI) hamda kichik fermer xo’jaliklari uchun moliyaviy maqsadga muvofiqligi baholangan. 28 kunlik dala tajribasining natijalari shuni ko’rsatdiki, tizim an’anaviy sug’orishga nisbatan suv sarfini 37.6% ga kamaytiradi, bu yillik 576 ming so’m miqdorida to’g’ridan-to’g’ri iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. $24 qiymatidagi boshlang’ich investitsiya 4.2 oy ichida o’zini qoplaydi. Tizimning internetga bog’liq bo’lmagan avtonom arxitekturasi qishloq hududlardagi infratuzilma cheklovlariga moslashgan bo’lib, kichik fermer xo’jaliklari uchun iqtisodiy jihatdan qulay yechimni taqdim etadi.
References
1.O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi, “Qishloq xo’jaligi statistik yilnoma,” Toshkent, 2023.
2.UNDP O’zbekiston, “Iqlim o’zgarishi va suv resurslari: ta’sir va moslashuv choralari,” Toshkent, 2022.
3.FAO, “The State of Food and Agriculture 2020: Overcoming water challenges in agriculture,” Rome, 2020.
4.M. Ayaz, M. Ammad-Uddin, Z. Sharif, A. Mansour, and E. M. Aggoune, “Internet-of-Things (IoT)-based smart agriculture: Toward making the fields talk,” IEEE Access, vol. 7, pp. 129551–129583, 2019.
5.FAO, “Crop yield response to water,” Irrigation and Drainage Paper No. 66, Rome, 2012.
6.C. N. Verdouw, S. Wolfert, A. J. M. Beulens, and A. Rialland, “Virtualization of food supply chains with the internet of things,” Journal of Food Engineering, vol. 176, pp. 128–136, 2016.
7.C. A. Kamienski et al., “Smart water management platform: IoT-based precision irrigation for agriculture in Brazil,” Sensors, vol. 19, no. 16, p. 3487, 2019.
8.R. Nageswara Rao and B. Sridhar, “IoT based smart crop-field monitoring and automation irrigation system,” in Proc. ICISCT, pp. 1–5, 2018.
9.J. Gutiérrez, J. F. Villa-Medina, A. Nieto-Garibay, and M. Á. Porta-Gándara, “Automated irrigation system using a wireless sensor network and GPRS module,” IEEE Trans. on Instrumentation and Measurement, vol. 63, no. 1, pp. 166–176, 2014.
10.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, “Suv resurslaridan oqilona foydalanish to’g’risida qaror,” 2021-yil 15-mart, №148.