DO‘PPIDO‘ZLIK, KULOLCHILIK, KOSIBCHILIK KASB-HUNAR SOHALARIDA YANGI LEKSEMALARNING QO’LLANILISHI VA SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI.
Keywords:
Sotsiolingvistika, neologizmlar, do‘ppido‘zlik, kulolchilik, kosibchilik, kasb-hunar leksikasi, raqamli marketing, til dinamikasi, gibrid leksemalar, ijtimoiy dialektlar.Abstract
O‘zbek milliy hunarmandchiligi – xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotini o‘zida aks ettiruvchi jonli xazinadir. Ayniqsa, do‘ppido‘zlik, kulolchilik va kosibchilik tarmoqlari o‘zining qadimiy an’analari va terminologik tizimiga ega. Biroq bugungi globallashuv davri, raqamli iqtisodiyot va xalqaro turizmning jadal rivojlanishi ushbu sohalarning lisoniy manzarasini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Mazkur tadqiqotda do‘ppido‘zlik, kulolchilik va kosibchilik kasb-hunar sohalarida yangi leksemalarning shakllanish qonuniyatlari hamda ularning jamiyatda qo‘llanilish xususiyatlari sotsiolingvistik nuqtai nazardan tizimli tahlil qilinadi.
References
1.Dadaboyev, H. (2019). O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent: Mumtoz so‘z.
2. Madvaliyev, A. (2017). O‘zbek tili terminologiyasi va leksikografiyasi masalalari. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.
3. Rahmatullayev, Sh. (2006). O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. Toshkent: Universitet.
4. Tojiyev, Yo. (2011). O‘zbek tili leksikologiyasi va frazeologiyasi. Toshkent: Noshir.
5. Yo‘ldoshev, B. (2021). Sotsiolingvistika asoslari (O‘quv qo‘llanma). Samarqand: SamDU nashriyoti.