“MABDАI NUR” ASARINING ILMIY-ADABIY VA MANBAVIY ASOSLARI
Keywords:
“Mabdai nur”, “Masnaviyi ma’naviy”, Boborahim Mashrab, tasavvuf, Qur’oni karim, hadis, manbaviy asos, payg‘ambarlar obrazi, adabiy ta’sir, badiiy talqin.Abstract
Mazkur tezisda “Mabdai nur” asarining ilmiy-adabiy va manbaviy asoslari tahlil qilinadi. Asarning Qur’oni karim, hadislar, tasavvufiy manbalar hamda Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asari bilan munosabati yoritiladi. Xususan, Qur’on oyatlari va hadislarda uchraydigan voqea-hodisalarning “Mabdai nur”dagi badiiy talqini, payg‘ambarlar obrazining tasavvufiy mohiyati hamda ikki masnaviy o‘rtasidagi mazmuniy mushtarakliklar misollar asosida tahlil qilinadi.
References
1.Abdullayev V. O‘zbek adabiyoti tarixi. 2-kitob. – T.: O‘qituvchi, 1967. (Mashrabga alohida bob ajratilgan).
2.Бобораҳим Машраб. Мабдаи нур. Нашрга тайёрловчи: Ҳожи Исматуллоҳ Абдуллоҳ. – Т.: Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси “Фан” нашриёти, 1994. – B. 314.
3.Жалолиддин Румий. Маснавийи маънавий. I – VI жилд.Таржимон: Жамол Камол. – Тошкент, 2006.
4.Imom Buxoriy. Al jomi as-sahih Arabchadan Zokirjon Ismoil tarjimasi. – T.: Qomuslar Bosh tahririyati. 1991.
5.Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi Tarjima va izohlar muallifi: Mansur A. – T.: Toshkent islom universiteti nashriyoti, 2007.