TURLI TIZIMLI TILLAR IJTIMOIY-SIYOSIY DISKURSI PARALLEL KORPUSIDA EVFEMIZATSIYANI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA AVTOMATIK ANIQLASH
Keywords:
evfemizatsiya, evfemizm, ijtimoiy-siyosiy diskurs, parallel korpus, sun’iy intellekt, avtomatik aniqlash, tabiiy tilni qayta ishlash, kompyuter lingvistikasi, pragmatika.Abstract
Mazkur tezis turli tizimli tillar ijtimoiy-siyosiy diskursining parallel korpusida evfemizatsiyani sun’iy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik aniqlash masalasiga bag‘ishlangan. Evfemizatsiya kommunikativ jihatdan noqulay, salbiy, bahsli yoki ijtimoiy jihatdan sezgir mazmunni bevosita ifodalash o‘rniga yumshatilgan, bilvosita yoki neytrallashtirilgan shaklda berish strategiyasi sifatida qaraladi. Tadqiqotda evfemizatsiyaning struktur-semantik va pragmatik xususiyatlari, uning ijtimoiy-siyosiy diskursdagi kommunikativ funksiyalari hamda turli tizimli tillarda namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Parallel korpus, lingvistik annotatsiya va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) texnologiyalarining integratsiyasi evfemistik birliklarni avtomatik aniqlash uchun istiqbolli metodologik asos sifatida taklif etiladi. Tadqiqotda evfemizmni aniqlashda kontekstual ma’no, semantik siljish, baholovchi komponent, diskurs sohasi, kollokatsion xususiyat va pragmatik funksiya kabi belgilarni hisobga olish zarurligi asoslanadi. Zamonaviy tadqiqotlar evfemizmlarni avtomatik aniqlashda kontekstning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini va bir xil birlik turli kontekstlarda literal yoki evfemistik ma’noda qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda (Lee et al., 2022; Poh et al., 2026).
References
1.Allan K., Burridge K. Forbidden Words: Taboo and the Censoring of Language. Cambridge: Cambridge University Press, 2006. 320 p.
2.Crespo-Fernández E. Euphemism as a discursive strategy in US local and state politics // Journal of Language and Politics. 2018. Vol. 17, No. 6. P. 789–811. DOI: 10.1075/jlp.17040.cre.
3.Felt C., Riloff E. Recognizing euphemisms and dysphemisms using sentiment analysis // Proceedings of the Second Workshop on Figurative Language Processing. 2020. P. 136–145.
4.Zhu W., Bhat S. Euphemistic phrase detection by masked language model // Findings of the Association for Computational Linguistics: EMNLP 2021. 2021. P. 1636–1647.
5.Lee P., Feldman A., Peng J. A report on the Euphemism Detection Shared Task // Proceedings of the 3rd Workshop on Figurative Language Processing. 2022. P. 142–151.
6.Hu Y., Li J., Wu M., Huang Z., Chen G., Sha Y. Uncovering and mitigating the hidden chasm: A study on the text-text domain gap in euphemism identification // Proceedings of the AAAI Conference on Artificial Intelligence. 2024. Vol. 38, No. 16. P. 18270–18278. DOI: 10.1609/aaai.v38i16.29786.
7.Poh W., Sammartino J., Andrew J., Kieraś W., Zawadzka-Paluektau N., Dilai I., Barak L., Peng J., Feldman A. The multilingual euphemism benchmark: Datasets and baselines for pragmatic language understanding // Proceedings of the Fifteenth Language Resources and Evaluation Conference (LREC 2026). 2026. P. 7307–7319. DOI: 10.63317/5im6zovfyg3t.
8.Botirova N. Ideological framing in political translation: A comparative analysis of Uzbek and English news discourse using parallel corpora // Philology Matters. 2025. No. 3. P. 76–91.
9.Abdurakhmonova N., Botirova N. Контекстуальный анализ параллельных текстов при формировании переводческого словаря политической сферы // Международный журнал «Искусство слова». 2026.
Downloads
Published
Versions
- 2026-10-11 (2)
- 2026-10-10 (1)