G‘O‘ZA NAV VA NAMUNALARIDA 1000 DONA CHIGIT VAZNI BELGISINING SHAKLLANISHI VA O‘ZGARUVCHANLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: g‘o‘za, nav, namuna, genotip, 1000 dona chigit vazni, fenotipik o‘zgaruvchanlik, seleksiya, urug‘lik, chigit.Abstract
Annotatsiya. Maqolada g‘o‘zaning nav va namunalarida 1000 dona chigit vazni belgisining shakllanish xususiyatlari hamda genotiplar o‘rtasidagi fenotipik o‘zgaruvchanligi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘rganilgan genotiplarda 1000 dona chigit vazni 80–120 g oralig‘ida o‘zgarib, belgi bo‘yicha sezilarli farqlanish mavjudligi aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich M-4042 namunasida, eng past ko‘rsatkich esa M-4016 namunasida qayd etildi. C-6524 andoza navida 1000 dona chigit vazni taxminan 110 g ni tashkil etdi. M-5032, M-5047, M-5071, M-5056 va M-5078 namunalari yuqori ko‘rsatkichlari bilan ajralib turdi. Olingan natijalar 1000 dona chigit vazni belgisi genotiplarning biologik xususiyatlari bilan bog‘liq holda shakllanishini va ushbu belgi bo‘yicha seleksiya uchun istiqbolli genotiplarni ajratib olish mumkinligini ko‘rsatdi.