DENTAL IMPLANTATSIYADA SUYAK YETISHMOVCHILIGINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI
Abstract
Dental implantatsiyaning muvaffaqiyati alveolyar suyakning yetarli hajmi va sifatiga bevosita bog‘liq. Suyak yetishmovchiligi implantni optimal holatda joylashtirishni qiyinlashtiradi va ayrim hollarda suyak augmentatsiyasini talab qiladi. Zamonaviy diagnostik usullar, ayniqsa konus-nurli kompyuter tomografiyasi (CBCT), alveolyar suyakning balandligi, kengligi, morfologiyasi va muhim anatomik tuzilmalar bilan munosabatini uch o‘lchamli baholash imkonini beradi. Raqamli skanerlash, virtual implant rejalashtirish va uch o‘lchamli rekonstruksiya bilan birgalikda qo‘llanilganda tashxis aniqligi va davolash natijalarining prognozliligi oshadi.