FITNES JIHOZLARINI TO‘G‘RI TANLASH ORQALI TALABALAR MASHG‘ULOT SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
talabalar, fitnes jihozlari, trenajyorlar, jismoniy tayyorgarlik, mashg‘ulot samaradorligi, xavfsizlik.Abstract
Ushbu tezisda fitnes jihozlarini to‘g‘ri tanlash va ulardan maqsadli foydalanish orqali talabalar mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Fitnes jihozlarining funksional imkoniyatlari, ularni talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi va individual maqsadlariga muvofiq tanlash tamoyillari tahlil qilingan. Shuningdek, trenajyorlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha yuklanish va jarohatlanish xavflariga alohida e’tibor qaratilgan. Fitnes jihozlarini tanlashda mashqning maqsadi, yuklama darajasi, harakat texnikasi va xavfsizlik talablarini hisobga olish zarurligi asoslangan. To‘g‘ri tanlangan jihozlar kuch, chidamlilik, egiluvchanlik va koordinatsion qobiliyatlarni izchil rivojlantirishga, mashg‘ulotlarga qiziqishni oshirishga hamda talabalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
References
1.Liguori G. ACSM’s Guidelines for Exercise Testing and Prescription. 11-nashr. Philadelphia: Wolters Kluwer, 2021.
2.Haff G. G., Triplett N. T. Essentials of Strength Training and Conditioning. 4-nashr. Champaign: Human Kinetics, 2016.
3.Ratamess N. A., Alvar B. A., Evetoch T. K. va boshqalar. Progression Models in Resistance Training for Healthy Adults // Medicine & Science in Sports & Exercise. 2009. 41-jild, 3-son. 687–708-betlar. https://doi.org/10.1249/MSS.0b013e3181915670
4.Garber C. E., Blissmer B., Deschenes M. R. va boshqalar. Quantity and Quality of Exercise for Developing and Maintaining Cardiorespiratory, Musculoskeletal, and Neuromotor Fitness in Apparently Healthy Adults // Medicine & Science in Sports & Exercise. 2011. 43-jild, 7-son. 1334–1359-betlar. https://doi.org/10.1249/MSS.0b013e318213fefb
5.World Health Organization. WHO Guidelines on Physical Activity and Sedentary Behaviour. Geneva: World Health Organization, 2020.