EKSPORTCHI KORXONALAR AYLANMA KAPITALINI BOSHQARISHDA MOLIYAVIY TA’MINOT VOSITALARIDAN FOYDALANISH XUSUSIYATLARI
Keywords:
Aylanma kapital iqtisodiy mazmuniga ko‘ra korxonaning joriy operatsion faoliyatini ta’minlaydigan aktivlar majmuini ifodalaydi, biroq eksport faoliyatida uning funksional ahamiyati yanada kengroqAbstract
Bugungi kunda eksport faoliyatining tobora murakkablashib borishi, tashqi savdo operatsiyalarida to‘lov muddatlarining uzayishi, yetkazib berish zanjirlaridagi kechikishlar va eksportchi korxonalar zimmasiga tushadigan oldindan moliyalashtirish yukining ortishi aylanma kapitalni boshqarish masalasini korxona moliyaviy menejmentining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylantirmoqda. Eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar ichki bozorda faoliyat yurituvchi subyektlarga nisbatan ko‘proq miqdorda likvid mablag‘larni ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar, jo‘natilgan tovarlar va debitorlik qarzlari tarkibida band qilib turishga majbur bo‘ladi. Bunga mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo va materiallarni avans asosida xarid qilish, mahsulotni tashish va sug‘urtalash, bojxona va logistika xarajatlarini qoplash, xorijiy xaridorlarga kechiktirilgan to‘lov shartlarini taklif etish hamda eksport tushumining real kelib tushishigacha ma’lum vaqt oralig‘ining mavjudligi sabab bo‘ladi. Natijada eksportchi korxona uchun aylanma kapital hajmining yetarliligi bilan bir qatorda uning tarkibi, aylanish tezligi va moliyalashtirish manbalarining eksport sikliga muvofiqligi ham muhim boshqaruv vazifasiga aylanadi.
References
1.Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.08.2024 yildagi PF-109-son.
2.J. Mansilla-Fernández, J. Milgram-Baleix. Working Capital Management, Financial Constraints and Exports: Evidence from European and US Manufacturers // Empirical Economics. – Springer, 2023. – Vol. 64, No. 4. – P. 1769–1810. – DOI: 10.1007/s00181-022-02295-5.
3.E. Maes, N. Dewaelheyns, C. Fuss, C. Hulle. The Impact of Exporting on Financial Debt Choices of SMEs // Journal of Business Research. – Elsevier, 2019. – Vol. 102. – P. 56–73. – DOI: 10.1016/j.jbusres.2019.05.008.
4.Е. Шеина. Экономическая сущность оборотного капитала и классификация источников его финансирования на предприятии // Российское предпринимательство. – 2017. – Т. 18. – № 6. – С. 993–1004. – DOI: 10.18334/rp.18.6.37685.
5.Л. Филобокова. Концептуальное обоснование стратегии управления оборотным капиталом в малом предпринимательстве // Финансовый менеджмент. – Москва, 2010. – № 2. – С. 19–25.
6.Korea Trade Insurance Corporation (K-SURE). Major Business Achievements: What We Did in 2024. – Seoul: Korea Trade Insurance Corporation, 2025.
7.Ministry of Trade, Industry and Energy of the Republic of Korea. Korea’s Annual Exports Reach New Highs in 2024. – Seoul: Government of the Republic of Korea, 2 January 2025.