GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASINING KONTSEPTUAL VA TERMINOLOGIK APPARATINI TAKOMILLASHTIRISH: "USLUBIY KARTOGRAFIK KOMPETENSIYA", "KASBIY KARTOGRAFIK KOMPETENSIYA" VA "O‘QITUVCHINING DIDAKTIK KARTOGRAFIK SAVODXONLIGI" TUSHUNCHALARINI ILMIY ASOSLASH
Keywords:
geografiya ta'limi, kartografiya, kompetensiya, metodika, didaktika, GIS, fazoviy tafakkur, kartografik savodxonlik.Abstract
Bugungi kunda geografiya ta'limini modernizatsiya qilish, kompetensiyaviy yondashuvni amaliyotga joriy etish hamda geografik axborot tizimlari (GIS), raqamli kartografiya va interfaol xaritalardan foydalanish geografiya o‘qituvchilariga qo‘yilayotgan kasbiy talablarni tubdan o‘zgartirmoqda. Natijada geografiya o‘qitish metodikasining kontseptual va terminologik apparatini zamonaviy pedagogik talablar asosida qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Mazkur tadqiqotda geografiya o‘qitish metodikasining nazariy asoslari kengaytirilib, ilmiy adabiyotlarda yetarlicha yoritilmagan uchta yangi tushuncha — "uslubiy kartografik kompetensiya", "kasbiy kartografik kompetensiya" hamda "o‘qituvchining didaktik kartografik savodxonligi" ilmiy jihatdan asoslandi. Tadqiqot davomida tizimli yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, kontseptual tahlil, qiyosiy tahlil, modellashtirish va sintez metodlaridan foydalanildi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, uslubiy kartografik kompetensiya geografiya o‘qituvchisining xaritalarni ta'lim jarayoniga metodik jihatdan to‘g‘ri integratsiya qila olish qobiliyatini ifodalasa, kasbiy kartografik kompetensiya kartografik bilim, fazoviy tafakkur, GIS texnologiyalari, pedagogik mahorat va metodik faoliyatning integrallashgan tizimini tashkil etadi. O‘qituvchining didaktik kartografik savodxonligi esa kartografik axborotni o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos ravishda didaktik vositaga aylantira olish qobiliyati sifatida talqin qilinadi.
Taklif etilgan kontseptual model geografiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ta'lim standartlarini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish hamda kartografik kompetensiyalarni baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
1.Акабоев И.З., Хакимов М.М., & Турдалиев И.Э. (2023). ЗНАЧЕНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ КАРТ В ОХРАНЕ ПРИРОДЫ И ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ. Экономика и социум, (6-1 (109)), 593-598.
2.Abduraxmonov, B. M. (2023). TABIIY GEOGRAFIYA DARSLARI UCHUN KARTOGRAFIK KATALOG YARATISH. Research and education, 2(5), 319-325.
3.Turdaliyev, I. E., & BM, A. (2023). Фойдаланган адабиётлар. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI GEOGRAFIYA KAFEDRASI, 362.
4.Абдурахмонов, Б. М. (2023). УЧЕБНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ КЛУБЫ КАК МЕТОДИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ РЕАЛИЗАЦИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОГО ПОТЕНЦИАЛА В ВУЗАХ (ИЗ ОПЫТА КЛУБА" ГЕОГРАФ-ИССЛЕДОВАТЕЛЬ"). In Современное географическое образование: проблемы и перспективы развития (pp. 384-389).
5.Ikhtiyor, R. (2024). Using the Kahoot Education Platform to Create E-Learning Resources in Geography Education. Journal of New Century Innovations, 67(4), 19-23.
6.Rakhimov, I. B. (2024). WAYS TO CREATE AND USE INTERNET RESOURCES IN GEOGRAPHY LESSONS. Экономика и социум, (2-1 (117)), 595-599.
7.Rakhimov, I. B. (2024). METHODS FOR DETERMINING THE IMPACT OF LOCAL ENVIRONMENTAL PROBLEMS ON HUMAN HEALTH. MODERN PROBLEMS AND PROSPECTS FOR ORGANIZING A HEALTHY LIFESTYLE AND PROPER NUTRITION, 1(01).