DAVLAT BUDJETI SOLIQSIZ DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI VA FISKAL BARQARORLIKKA TA’SIRI
Keywords:
.Abstract
Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat moliyasini barqaror boshqarish, budjet daromadlari bazasini diversifikatsiya qilish va fiskal siyosatning uzoq muddatli ta’sirchanligini oshirish dolzarb ilmiy-amaliy masala sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar hisobiga shakllansa-da, soliqsiz daromadlar ham moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim qo‘shimcha manba hisoblanadi. Ular davlat aktivlaridan foydalanish, davlat mulkini ijaraga berish, dividendlar, davlat xizmatlari uchun to‘lovlar, bojlar, jarimalar va boshqa majburiy tushumlar orqali shakllanadi. Shu sababli soliqsiz daromadlarni alohida fiskal segment sifatida emas, balki budjet daromadlari tizimining funksional tarkibiy qismi sifatida o‘rganish zarur.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. – Toshkent: Adolat, amaldagi tahrir.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmoni “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”.
4.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori “2025–2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”.