MOBIL ILOVA VA INTERNET-BANK VOSITASIDA DEPOZITLARNI JALB QILISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI

Authors

  • Ismoilova Muxlisa Ikrom qizi O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistanti

Abstract

Bugungi kunda bank tizimida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi tijorat banklari faoliyatining mazmuni va xizmat ko‘rsatish usullarini tubdan o‘zgartirmoqda. Ilgari bank xizmatlaridan foydalanish uchun mijoz bevosita bank filialiga borishi, navbat kutishi, hujjatlarni qog‘oz shaklida rasmiylashtirishi va operatsiya yakunlanishini kutishi talab etilgan bo‘lsa, hozirgi davrda ushbu jarayonlarning katta qismi mobil ilova va internet-bank orqali masofadan turib amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, omonatlarni jalb qilish jarayonida raqamli bank xizmatlarining ahamiyati ortib bormoqda. Chunki omonat banklarning resurs bazasini shakllantiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Tijorat banklari kreditlash faoliyatini kengaytirish, likvidlikni ta’minlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirish hamda moliyaviy barqarorligini mustahkamlash uchun barqaror depozit bazasiga ega bo‘lishi zarur.

References

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF–5992-son Farmoni. “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi”.

2.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti. – Toshkent, 2025.

3.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimi faoliyatining statistik byulleteni. – Toshkent, 2025.

4.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Moliyaviy barqarorlik sharhi. – Toshkent, 2025.

5.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Masofaviy bank xizmatlari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar. – Toshkent, 2025.

6.Abdullayev Sh.Z. Bank ishi. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2023. – 520 b.

7.Vahobov A.V., Ibrohimov A.T. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. – 384 b.

8.Berkinov B.B. Bank xizmatlari bozori va uni rivojlantirish istiqbollari. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2023. – 276 b.

Downloads

Published

2026-06-09

Conference Proceedings Volume

Section

Articles