TO‘Y MAROSIMLARINING QISHLOQ JAMOALARI IQTISODIYOTI VA BARQAROR RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
Abstract
Tadqiqot davrida O‘zbekistonning boshqa tog‘li hududlarida bo‘lgani kabi Jizzax vohasi turizm qishloqlari aholisi o‘tkazadigan to‘ylar ham turfa rasm-rusumlar, urf-odat, taomil va marosimlarga boyligi bilan ajralib turgan. Maishiy turmush va oila hayoti bilan bog‘langan urf – odat va marosimlar ijtimoiy hodisa bo‘lib, oila a’zolari hayotidagi muhim voqealarning mazmun – mohiyatidan kelib chiqib, ulardan farzand tug‘ilishi va uning tarbiyasi bilan bog‘liq urf-odat va marosimlar, nikoh to‘yi marosimlarini alohida ko‘rsatish lozim.