XIX ASRNING BOSHLARIDA BUXORO – ROSSIYA MUNOSABATLARIGA DOIR BA’ZI MULOHAZALAR

Authors

  • A.B.Xolikulov

Abstract

1800-yillardan boshlab Buxoro–Rossiya munosabatlari ancha faollashdi. Bu davrda Buxoroga kelgan elchilar zimmasiga nafaqat diplomatik, balki mamlakatni ilmiy va boshqa maqsadlarda o‘rganish vazifalari ham yuklatilgan edi.

1800-yildan 1836-yilgacha bo‘lgan davrda Rossiyadan Buxoroga uchta rus elchilik missiyasi kelgan bo‘lsa, XIX asr boshlarida Buxorodan ham o‘z navbatida ketma-ket uchta elchilik boradi. Ulardan birinchisiga Hayit Muhammad boshchilik qilib, otasi amir Shohmurodning vafotidan so‘ng taxtga chiqqan amir Haydarning yorlig‘ini eltadi. 1801-yilning oxirida Mulla Hayit Muhammad rus imperatori Aleksandr I ning amir Haydarni taxtga o‘tirishi munosabati bilan tabriklab yozilgan javob xatini, shuningdek, otasining vafotidan afsusda ekanligi bildirib yozilgan ta’ziya maktublarini olib ortga qaytadi.

Author Biography

A.B.Xolikulov

Amir Haydarga yozilgan javob xatida Rossiya davlat kansleri buxorolik savdogarlar uchun eng zo‘r yaylovlar ajratilishi, karvonlarga hujum qiluvchi qaroqchilarga qarshi tegishli choralar ko‘rilishi, elchidan tortib olingan barcha narsalar va mollar qaytarib berilishini tasdiqlaydi. Shuningdek, “Boykishi o‘g‘liga Rossiya hududi orqali Konstantinopolga, vatandoshlariga esa Makkaga ziyoratiga borishga ruxsat beriladi. Shu tariqa savdogarlarni tekin qo‘nalg‘a bilan ta’minlash borasidagi iltimosidan tashqari, Buxoro vakilining barcha tilaklari bajariladi. Elchining o‘ziga “arabi” otlar, la’l va firuza uchun 27 ming rubldan ortiq pul beriladi”.

References

Mirzo Muhammad Yusuf yana bir qiziqarli masalani ko‘taradi. U 1803-yilning 2-dekabrida Tashqi ishlar vaziri Adam Chartorijskiyga ruslarning Turkiston orqali Hindistonga yurish qilish niyati haqidagi xabarlar Amir Haydarga yetib kelganligini aytadi. Agarda imperator shuni xohlagan bo‘lsa, Amir Haydar rus qo‘shinlariga tunash uchun joy hozirlab qo‘yishini va Buxoro chegarasigacha ruslarni kuzatib qo‘yish xohishi borligini aytadi. Lekin amir elchi orqali Buxoro xalqi ruslarning harbiy yurishini eshitib “tashvishga tushishi” mumkinligini inobatga olib, Hindistonga qo‘shin jo‘natmaslikni, agarda zarurat tug‘ilsa bu ishni uning o‘ziga topshirishni iltimos qiladi. Rus hukumati bunga javoban Mirzo Muhammad Yusufni Rossiyaning Hindistonni bosib olish rejasi yo‘qligiga ishontiradi va unga Istanbulga borishga ruxsat berishadi. Uning hamrohi Miralovuddin Mirmuhammad Amin o‘g‘li 1805-yilgacha Rossiyada savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi, uning so‘ralgan miqdorda po‘lat sotib olib, Buxoroga olib ketishiga ruxsat beriladi[ Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии (первая половина ХIХ века) ... – С. 83.].

Published

2026-06-24

Conference Proceedings Volume

Section

Articles