QAYIN SOʻZI ISHTIROKIDA YASALGAN VA BOJA, POСHСHA, OVSIN TERMINLARINING ETIMOLOGIYASI
Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada turkiy tillarda, xususan o‘zbek tili va uning shevalarida qayin so‘zi ishtirokida yasalgan qarindoshlik terminlari hamda boja, pochcha, ovsin terminlarining etimologiyasi tahlil qilinadi. Qayin termini nikohdan so‘ng hosil bo‘ladigan qarindoshlik munosabatlarini ifodalashda muhim o‘rin tutishi, uning fonetik variantlari turkiy tillar guruhlarida qanday shakllanganligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, qayin-ota, qayin-ona, qayin-og‘a kabi qo‘shma terminlarning shakllanishi va shevalardagi fonetik farqlari izohlanadi. Boja va pochcha terminlarining umumiy ildizi, fonetik qobiqdagi farqlari hamda ularning tarixiy genezisi yoritiladi. Ovsin termini esa qadimiy aba va opa-singil so‘zlarining birikuvidan hosil bo‘lgani, turkiy tillarda qarindoshlik munosabatlarini belgilashda alohida ahamiyat kasb etgani ilmiy manbalar asosida izohlanadi.
References
1. Ishayev A. O‘zbek shevalaridagi metrologik so‘zlar // O‘zbek shevalari leksikasi. – Toshkent, 1966
2. Ismoilov I. Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari (o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur tillari misolida). – Toshkent: Fan, 1966
3. Ma’rufov Z.M. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I tom. – Toshkent, 1981
4.Mirzayev M. O‘zbek tilining Buxoro gruppa shevalari. – Toshkent: Fan, 1965
5.5 Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari. – Toshkent: Fan, 1962