PAYVANDLAB TAYYORLANGAN REZERVUARNING PAYVAND CHOKLARINI SIFAT NAZORATIDAN O‘TKAZISH
Abstract
Kirish.
Ushbu tezisda payvandlab tayyorlangan rezervuarlarning payvand choklarini sifat nazoratidan o‘tkazish masalalari yoritilgan. Rezervuarlarning ishonchli va xavfsiz ishlashi payvand birikmalarining sifatiga bevosita bog‘liq. Payvandlash jarayonida yuzaga keladigan darzlar, g‘ovaklik, shlak qoldiqlari va chala payvandlanish kabi nuqsonlar konstruksiyaning mustahkamligini pasaytiradi. Shu sababli payvand choklarini vizual-o‘lchov, ultratovushli, radiografik, magnit kukunli va kapillyar nazorat usullari orqali tekshirish muhim ahamiyatga ega.