FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARINI BAJARISHDA DEBATLAR O‘TKAZISH
Abstract
Debatlar qadimgi Yunonistonda yaratilgan bo‘lib, ular demokratiyaning muhim bir elementi edi. Afina fuqarolari taqdim etilayotgan qonunlarning afzal tomonlari va kamchiliklari haqida tortishib, masala mohiyatini yaxshi tushunish uchun uni turli tomondan tahlil qilishar, shu bilan birga, tahlil qila turib, tortishish usullarini o‘rganishar edilar. O‘rta asrlarda Yevropa ta’lim tizimi tarkibida nutq so‘zlash mahorati va debatlar darslari mavjud bo‘lgan. Hozirgi vaqtda debatlar butun dunyo ta’lim tizimida o‘tkazilmoqda.