FIZIKADAN TAJRIBA ISHLARINI BAJARISHGA DOIR TEST TOPSHIRIG‘I ANATOMIYASI
Abstract
Standart test topshirig‘i ikki asosiy qismdan iborat bo‘ladi: muammo va taklif etilgan alternativ javoblar. Test topshirig‘i o‘zagi savol yoki tugallanmagan gap shaklida bo‘lishi mumkin. Alternativ javoblar esa bitta to‘g‘ri javob va bir nechta noto‘g‘ri (chalg‘ituvchi) javoblardan tashkil topadi. Chalg‘ituvchi javoblarning maqsadi test o‘tkazilayotgan fizika fani bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lmagan o‘quvchilar uchun o‘ziga xos “qopqon” vazifasini o‘taydi, ya’ni bu javoblar bilimsiz o‘quvchilar uchun to‘g‘ri javobdek tuyulishi mumkin. Aksincha, mazkur test bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun esa noto‘g‘ri javob sifatida yaqqol ko‘zga tashlanishi lozim.