OʻZBEKISTONDAGI TAʼLIM JARAYONIDA PEDAGOGIKA TAʼLIM MUASSASALARI FAOLIYATI VA OʻRNI: YANGI OʻZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI KONTEKSTIDA
Keywords:
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi, pedagogika taʼlim muassasalari, pedagog kadrlar tayyorlash, taʼlim islohotlari, inson kapitali, uzluksiz taʼlim, ilgʻor pedagogik texnologiyalar, akademik faoliyatni muvofiqlashtirish.Abstract
Mazkur maqola Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasidagi taʼlim sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar va pedagogika taʼlim muassasalarining yurtimiz taʼlim tizimidagi asosiy oʻrni va faoliyatini kompleks tahlil qiladi. Maqolada Taraqqiyot strategiyasining taʼlim sohasiga oid eng muhim maqsadlari, pedagog kadrlar tayyorlash tizimidagi tarkibiy oʻzgarishlar, pedagogika oliy taʼlim muassasalarining soni va sifat koʻrsatkichlarining dinamikasi, amalga oshirilayotgan islohotlar va yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar yoritilgan. Shuningdek, respublikamizda amalga oshirilayotgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilidan “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga oʻtishning pedagogik taʼlim sohasidagi ahamiyati ochib berilgan. Maqolaning asosiy qismida pedagogika oliy taʼlim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish, ularni raqamlashtirish va transformatsiya qilish boʻyicha qabul qilingan qator strategik hujjatlar va amaliy choralar tahlil qilinadi. Xulosa qismida pedagogika taʼlim muassasalarining mamlakatning uzluksiz taʼlim tizimidagi strategik roli umumlashtirilgan va takliflar ishlab chiqilgan.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son Farmoni. 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida. 28.01.2022. – Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, https://lex.uz.
2. “Taʼlim tizimidagi islohotlar va yondashuvlar samarasi”. – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (UzA), 2025. – URL: https://uza.uz.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ni tasdiqlash haqida”gi Farmoni. – PF-27-son, 28.02.2023. – Lex.uz.
4. Yusubov, J. K. (2024). Taraqqiyot strategiyasi – Yangi Oʻzbekiston barqaror taraqqiyotining garovi. Xalqaro ilmiy jurnal “BIRUNI”, Vol. 3, №1, 12-19-betlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori. – Lex.uz, 2020.
6. Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 1-avgustda qabul qilingan. – OʻRQ-880-son. – Lex.uz.
7. Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 2023. – Lex.uz.
8. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy taʼlim, ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi ustuvor vazifalar taqdimoti, 2025-yil avgust. – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.