CHINGIZ AYTMATOVNING “JAMILA” QISSASIDA AYOL OBRAZI: MILLIY AN’ANA VA INDIVIDUAL ERKINLIK DIALEKTIKASI
Keywords:
Jamila obrazi, ayol subyekti, gender talqin, milliy an’ana, individual erkinlik, sevgi fenomeni, ichki uyg‘onish, estetik ideal, ijtimoiy stereotip, shaxsiy tanlov.Abstract
Mazkur maqolada Chingiz Aytmatovning 1958-yilda yaratilgan Jamila qissasida ayol obrazi gender, ijtimoiy-psixologik va estetik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Jamila timsoli milliy an’analar va individual erkinlik o‘rtasidagi murakkab dialektik munosabat kontekstida yoritiladi. Asarda ayol shaxsining ichki uyg‘onishi, o‘zligini anglash jarayoni hamda ijtimoiy stereotiplarga nisbatan ongli munosabati ochib beriladi. Jamila obrazi patriarxal muhitda shakllangan bo‘lsa-da, o‘z baxti va ruhiy erkinligi yo‘lida mustaqil tanlov qilgan subyekt sifatida talqin etiladi. Qissadagi sevgi fenomeni estetik va falsafiy mazmunda sharhlanib, ayolning ichki transformatsiyasi bilan bog‘liq holda izohlanadi. Shuningdek, narrator nigohi, tabiat tasvirlari va yo‘l motivi orqali ayol obrazining poetik strukturaning markaziga aylanishi asoslab beriladi. Maqolada Jamila timsoli sovet davri ayol stereotipidan farqli ravishda, hissiy, estetik va ontologik erkinlikka intilgan murakkab shaxs sifatida talqin qilinadi.References
1.Aytmatov Ch. Jamila. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015.
2.Chingiz Aytmatov. Jamila. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2015.
3.Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2004.