MINTAQAVIY IQTISODIYOTDA INNOVATSION TARAQQIYOT UCHUN INVESTITSIYA MEXANIZMLARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Abstract
Bugungi globallashuv sharoitida mintaqalarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda qulay investitsion muhitni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, mintaqa iqtisodiy tizimida investitsion salohiyatdan samarali foydalanish va innovatsion taraqqiyotni jadallashtirish xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois, investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan davlat siyosati va institutsional mexanizmlar mintaqaviy rivojlanish strategiyalarining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Mintaqaning investitsion salohiyati deganda uning tabiiy-resurs imkoniyatlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi, mehnat resurslari, ilmiy-texnik bazasi, moliyaviy barqarorligi hamda institutsional muhitining investitsiyalarni qabul qilish va samarali o‘zlashtirish qobiliyati tushuniladi. Ushbu salohiyat darajasi mintaqada investitsion faoliyatning faolligi, kapital qo‘yilmalar hajmi va iqtisodiy o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
References
1.Abdullayev A.M. Investitsion muhit va uning iqtisodiy rivojlanishdagi roli. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2018.
2.Yo‘ldoshev N.Q. Mintaqaviy iqtisodiyot va investitsion siyosat. – Toshkent: Fan, 2019.
3.Xodiev B.Yu. Milliy iqtisodiyot va investitsiyalar. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2020.
4.Karimov U.S. Investitsion jozibadorlikni baholash metodologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
5.Karimov U.S. Investitsion jozibadorlikni baholash metodologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
6.O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (2019-yil 25-dekabr, O‘RQ–598).