MUMIYONING BUYRAK FUNKSIYASIGA TA’SIRI: EKSPERIMENTAL KALAMUSHLARDA DIUREZ VA NATRIYUREZNING KUCHAYISHI
Abstract
Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy tibbiyot va farmakologiyaning eng ustuvor vazifalaridan biri surunkali kasalliklarni davolashda samaradorligi yuqori va nojo‘ya ta’siri minimal bo‘lgan tabiiy birikmalarni izlab topish hamda ularning ta’sir mexanizmlarini ilmiy asoslashdir. Dunyo bo‘ylab buyrak kasalliklari, arterial gipertenziya va yurak-qon tomir yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar sonining ortib borishi, organizmda suyuqlik va natriy ushlanib qolishi muammosini birinchi o‘ringa olib chiqmoqda.