GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR MAʼNAVIYATI
Keywords:
globallashuv, yoshlar, maʼnaviyat, milliy qadriyatlar, mafkuraviy immunitet, axborot madaniyati, ommaviy madaniyat, tarbiya, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik.Abstract
Maqolada globallashuv sharoitida yoshlar maʼnaviyatining shakllanishi va uni himoya qilish masalalari tahlil etiladi. Axborot oqimining kuchayishi, ommaviy madaniyat taʼsiri va ijtimoiy tarmoqlarning yosh avlod dunyoqarashiga ijobiy hamda salbiy taʼsirlari yoritiladi. Muallif milliy qadriyatlar, oila, taʼlim muassasalari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini asoslaydi. Shuningdek, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, tanqidiy fikrlash va axborot madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari yoshlarda vatanparvarlik va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qiladi.
References
1.Toshbekova M.X. Globallashuv sharoitida mafkuraviy to‘qnashuv va oqibatlari // Farg‘ona davlat universiteti ilmiy xabarlari. – Farg‘ona, 2022. – №3. – B. 50–57.
2.Saparov B. va boshq. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jadidchilik g‘oyalarining o‘rni // Harbiy pedagog. – 2024. – T. 1. – №2. – B. 46–52.
3.Yo‘ldoshboyev M. Yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishning nazariy-metodologik asoslari // Pedagogika i psixologiya v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 4. – №11 (Special Issue). – B. 306–313.
4.Globallashuv sharoitida yoshlar innovatsion tafakkurini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari: xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallari to‘plami (Jizzax, 2023-yil 7-iyun). – Jizzax, 2023. – 374 b.
5.Masharipova G.K., Xo‘janova T.J. Ma’naviyatshunoslik. – T.: Fan ziyosi, 2022.