O‘ZBEKISTONDA NEFT-GAZ MUSTAQILLIGINI TA’MINLASHNING INSTITUTSIONAL VA IQTISODIY ASOSLARI
Keywords:
davlat mustaqilligi, neft-gaz sanoati, yoqilg‘i-energetika resurslari, iqtisodiy xavfsizlik, institutsional islohotlar, “O‘zbekneftgaz”, uglevodorodlar, neftni qayta ishlash, xorijiy investitsiyalar, gaz transporti, mahsulot taqsimoti, eksport.Abstract
Maqolada O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki davrida neft va gaz sanoatini milliy boshqaruv tizimiga o‘tkazish, tarmoqni institutsional jihatdan qayta tashkil etish hamda ichki yoqilg‘i-energetika ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar tarixiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlar, tarmoq hisobotlariga oid ma’lumotlar, davriy nashrlar va rasmiy korporativ axborotlar tarixiylik, muammoviy-xronologik yondashuv, manbalarni tanqidiy tahlil qilish hamda statistik taqqoslash asosida o‘rganiladi. Neft-gaz sanoatidagi boshqaruv o‘zgarishlari konlarni o‘zlashtirish, qayta ishlash quvvatlarini rivojlantirish, transport infratuzilmasini takomillashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan o‘zaro bog‘liqlikda yoritiladi. Islohotlar natijasida ishlab chiqarishning kengayishi, importga qaramlikning kamayishi va eksport imkoniyatlarining ortishi ko‘rsatiladi. Neft-gaz mustaqilligi tabiiy resurslarga egalik qilish bilan birga, ularni qazib olish, qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berish imkoniyatlarini milliy manfaatlar asosida boshqarish bilan bog‘liq jarayon sifatida talqin etiladi.
References
1.Karimov I.A. O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruza. 2007-yil 30-avgust. — Toshkent: O‘zbekiston, 2007. — B. 13–15.
2.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — Toshkent: O‘zbekiston, 1997. — B. 233–234.
3.O‘zbekiston Respublikasi. Qonun va farmonlar. — Toshkent, 1992. — B. 198.
4.“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining joriy arxivi. 1998-yil uchun hisobot. — B. 1–2; shuningdek, shu hisobotning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga oid ma’lumotlari.
5.O‘zbekiston neft va gaz jurnali. — 1998. — № 3. — B. 6.
6.O‘zbekiston neft va gaz jurnali. — 1998. — № 5. — B. 8.
7.“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining joriy arxivi. 1997-yil uchun hisobot.
8.O‘zbekiston neft va gaz jurnali. — 1998. — № 4. — B. 21.
9.Xalq so‘zi. — 1996-yil 15-iyun.
10.O‘zbekiston ovozi. — 1996-yil 24-sentabr.
11.Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana. — 2004. — № 7–8. — S. 34, 40–41.
12.Ekonomicheskoye obozreniye Uzbekistana. — Toshkent, 2008. — S. 18, 29.
13.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 3-maydagi PF-393-son “O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konserni ‘O‘zbekneftgaz’ni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoni.
14.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 23-dekabrdagi PF-518-son “O‘zbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini neft va gaz sanoati (‘O‘zbekneftgaz’) milliy korporatsiyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi Farmoni.
15.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son “‘O‘zbekneftgaz’ milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
16.O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 312-II-son “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
17.O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 444-II-son “‘Yer osti boyliklari to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni.
18.“O‘zbekneftgaz” AJ. Jamiyat tarixi. Rasmiy korporativ axborot.
19.LUKOIL. LUKOIL Signs a Production Sharing Agreement on the Kandym-Khausak-Shady Project in Uzbekistan. Press release. June 16, 2004.
20.“O‘zbekneftgaz” AJ. Muborak gazni qayta ishlash zavodi. Korxona faoliyati va tarixi to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumot.