O‘ZBEK TILIDA ANTONIMLARNING MATN HOSIL QILISHDAGI FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

Authors

  • Komiljonova Dilfuza Ma’rufjon qizi Turan International University BT-24 BU guruh talabasi
  • Zumradxon Jonbo‘tayeva Abdujabborovna Turan International University Filologiya kafedrasi dotsenti v.b.(PhD).

Keywords:

antonim, matn, matn hosil qilish, qarama-qarshilik, semantik munosabat, kontekst, matn yaxlitligi, lingvistik vosita, uslubiy xususiyat, kommunikativ funksiya.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tilida antonimlarning matn hosil qilish jarayonidagi funksional-semantik va uslubiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Antonimlarning matn yaxlitligini ta’minlash, mazmuniy qarama-qarshilikni yuzaga chiqarish, fikrni ta’sirchan ifodalash, mantiqiy urg‘uni kuchaytirish hamda matnning kompozitsion tuzilishini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, antonimlarning badiiy, publitsistik va boshqa nutq uslublarida qo‘llanish xususiyatlari misollar asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda tavsifiy, kontekstual tahlil va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilib, antonimlar matnning nafaqat lug‘aviy-semantik, balki pragmatik va kommunikativ yaxlitligini ta’minlovchi muhim lingvistik vosita ekanligi asoslanadi.

References

1.Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2002.

2.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – Toshkent: Universitet, 2006.

3.Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2010.

Downloads

Published

2026-10-17