DINIY-HUQUQIY TERMINLARNING KONSEPTUAL MA’NO TARKIBI VA ULARNING INGLIZCHA TARJIMADA IFODALANISHI (“OCHIQ XAT” VA “OPEN LETTER” ASARLARI MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar: diniy-huquqiy termin, konseptual sema, semantik tarkib, tarjima, fiqh, munkar, ummat, transliteratsiya, semantik siljish.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ochiq xat” asari va uning ingliz tilidagi “Open Letter” tarjimasida qo‘llangan fiqh, munkar va ummat diniy-huquqiy terminlarining konseptual ma’no tarkibi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda terminlarning lug‘aviy mazmuni bilan bir qatorda, ularning diniy-madaniy kontekstdagi semantik komponentlari va tarjimada qayta ifodalanish xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Tahlilda asosiy sema, qo‘shimcha semalar, baholovchi komponent hamda tushunchaning diniy-huquqiy doirasi kabi mezonlardan foydalaniladi. Kuzatishlar ayrim terminlarda transliteratsiya tushunchaning tashqi shaklini saqlasa-da, uning mazmunini to‘liq ochib bermasligi mumkinligini ko‘rsatadi.
References
1.Azimova M. Sh. Diniy matnlar tarjimasining amaliy muammolari : magistrlik dissertatsiyasi. – Toshkent : O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2026.
2.Muhammad Yusuf Sh. M. S. Ochiq xat. – Toshkent: Hilol-nashr, 2022. –232 b.
3.Mukhammad Yusuf Sh. M. S. Open Letter [Elektron manba]. – Hilol E-book. – 332 p.
4.Newmark P. A Textbook of Translation. – London: Prentice Hall, 1988. – 292 p.
5.Nida E. A. Toward a Science of Translating: With Special Reference to Principles and Procedures Involved in Bible Translating. – Leiden: E. J. Brill, 1964. – 331 p.