ZAMONAVIY O‘ZBEK ADABIYOTIDA AYOLNING O‘ZLIGINI ANGLASHI VA ICHKI OZODLIK POETIKASI

Authors

  • Davronova Surayyo Mardon qizi

Keywords:

zamonaviy o‘zbek adabiyoti, ayol identiteti, o‘zlikni anglash, ichki ozodlik, badiiy subyektivlik, psixologizm, shaxsiy tanlov, ayol qahramon, muallif pozitsiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida ayolning o‘zligini anglashi va ichki ozodlik masalalarining badiiy ifodasi o‘rganiladi. Tadqiqotda ayol qahramonning jamiyat tomonidan belgilangan me’yorlar bilan munosabati, shaxsiy tanlov imkoniyati, ruhiy ziddiyatlari va mustaqil subyekt sifatida shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Asosiy tahlil materiali sifatida Salomat Vafoning “Ovoraning ko‘rgan-kechirganlari” romani hamda zamonaviy o‘zbek adabiyotida ayol identiteti va badiiy subyektivlikni o‘rgangan ilmiy tadqiqotlar tanlangan. Qiyosiy-tipologik, psixologik va germenevtik metodlar yordamida ayol qahramonning ichki dunyosi, ijtimoiy muhit bilan munosabati va badiiy ifoda vositalari o‘rganiladi. Tahlil natijasida ichki ozodlikning tashqi cheklovlardan xoli bo‘lish bilangina emas, balki shaxsning o‘z tajribasini anglash, o‘z qarashlarini shakllantirish va hayotiy vaziyatlarga mustaqil munosabat bildirish qobiliyati bilan ham bog‘liqligi asoslanadi. Maqola ayol obrazini an’anaviy axloqiy qoliplar doirasidan tashqarida, murakkab psixologik va estetik hodisa sifatida tahlil qilishga yo‘naltirilgan.

References

1.Narmatova, Sh. (2025). From Silence to Self-Expression: Representations of Gender Inequality in Uzbek Literature of the Independence Period. American Journal of Philological Sciences, 5(11), 12–14. https://doi.org/10.37547/ajps/Volume05Issue11-03

2.Abdusalomova, D. V. (2025). Tragicity and Feminine Identity in Contemporary Uzbek Poetry: A Poetic Study of Subjectivity and Memory. World Bulletin of Social Sciences, 46, 27–30. https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/5204

3.Vafo, S. (2008). Ovoraning ko‘rgan-kechirganlari. Toshkent: Sharq. ISBN 978-9943-00-319-4.

4.Urazboeva, M. K. (2020). The Escape Motive or Binary Typology in the Novels of Guntekin and Salomat Vafo. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari, 8-son. https://new.tdpu.uz/uploadfiles/7908_1067_TDPU%20%20I%20A%208-son%202020.pdf

5.Camp, E., & Flores, C. (2024). Playing with Labels: Identity Terms as Tools for Building Agency. The Philosophical Quarterly, 74(4), 1103–1136. https://doi.org/10.1093/pq/pqae092

Downloads

Published

2026-10-12