JADIDLAR SIYOSIY-FALSAFIY QARASHLARIDA DAVLAT BOSHQARUVINI MODERNIZATSIYA QILISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar. Jadidchilik, siyosiy-falsafiy qarashlar, davlat boshqaruvi, modernizatsiya, milliy taraqqiyot, ma’rifat, fuqarolik jamiyati, adolatli boshqaruv, milliy ong, Yangi O‘zbekiston.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tezisda jadid mutafakkirlarining siyosiy-falsafiy qarashlari asosida davlat va jamiyat taraqqiyoti masalalari tahlil qilinadi. Jadidchilik harakati dastlab ma’rifiy yo‘nalishda shakllanib, keyinchalik milliy taraqqiyot, siyosiy ong va jamiyatni modernizatsiya qilishga qaratilgan keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy harakatga aylangani asoslab beriladi.Tadqiqotda jadid mutafakkirlarining ilm-ma’rifat, milliy ong, fuqarolik faolligi, huquqiy erkinlik va adolatli boshqaruvga oid qarashlari zamonaviy davlat boshqaruvi tamoyillari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Ularning g‘oyalari jamiyatni yangilash, davlat boshqaruvini demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Natijada, jadidlar merosi Yangi O‘zbekiston sharoitida inson qadri ustuvor bo‘lgan demokratik va xalqparvar davlat qurishning muhim ilmiy-nazariy manbalaridan biri sifatida talqin etiladi.
References
1.Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 11-dekabrdagi “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari’ mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrigidan//https://president.uz/oz/lists/view/6919
2.Б.Қосимов. Миллий уйғониш:жасорат, маърифат, фидойилик.Т.: Маънавият. 2002. Б.-6.
3.Рахимова М.З. АбдурауфФитратнингaхлоқий-фалсафийтаълимоти. Фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори(phd) диссертацияси автореферати.-Samarqand-2022. B-12.
4.Беҳбудий М. Баёни ҳақиқат // Улуғ Туркистон. 1917 й. 12 июнь.
5.Abdulhamid Cho'lpon. Vatanimiz Turkistonda temir yo‘llar // Sadoi Farg‘ona, 1914 yil 6 iyun, №26. B.-26.