O‘ZBEKISTONNING SOVET DAVRI TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR: TURLARI, XUSUSIYATLARI VA MANBASHUNOSLIK TAHLILI
Keywords:
Kalit so‘zlar: O‘zbekiston tarixi, sovet davri, yozma manbalar, manbashunoslik, arxiv hujjatlari, rasmiy hujjatlar, davriy matbuot, statistik manbalar, xotiralar, tarixiy tadqiqot.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistonning sovet davri tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yozma manbalar tahlil qilinadi. Sovet hokimiyati davrida yaratilgan davlat va siyosiy tashkilotlar hujjatlari, arxiv materiallari, statistik ma’lumotlar, davriy matbuot, shaxsiy hujjatlar, xotiralar hamda tarixiy tadqiqotlarning manbashunoslik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, yozma manbalarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan siyosiy-mafkuraviy omillar, ularning tarixiy voqelikni aks ettirish darajasi va ilmiy qiymatini aniqlash masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqolada sovet davri tarixiga oid manbalarni tashqi va ichki tanqid asosida o‘rganish, ularni o‘zaro qiyoslash hamda tarixiy voqea-hodisalarni biryoqlama baholashdan saqlanish zarurligi asoslanadi.References
1.Jo‘rayev N., Karimov Sh. O‘zbekiston tarixi. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. 2-kitob. – Toshkent: Sharq, 2011. – 720 b.
2.Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob: O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: Sharq, 2010. – 496 b.
3.Alimova D.A., Golovanov A.A. O‘zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.
4.Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917–1991-yillar). – Toshkent: Sharq, 2010. – 256 b.
5.Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. – Toshkent: Sharq, 2010.
6.Shamsutdinov R. Qishloq fojeasi: jamoalashtirish, quloqlashtirish, surgun (O‘rta Osiyo respublikalari misolida). – Toshkent: Sharq, 2003. – 542 b.
7.O‘zbekistonning yangi tarixi. II kitob: O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: Sharq, 2000.
8.Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullayev O‘. Vatan tarixi. 1, 2, 3-kitoblar. – Toshkent: Sharq, 2010.