MUMTOZ G‘AZALDA “KO‘NGUL” OBRAZINING SEMANTIK FUNKSIYASI

Authors

  • Iminjanova Nurchexra Saydullo qizi Andijon davlat universiteti magistranti

Keywords:

mumtoz g‘azal, ko‘ngul, poetik obraz, semantika, lirik qahramon, ishq, hijron, tashxis, Alisher Navoiy, Gadoiy, Bobur.

Abstract

 Ushbu tezisda mumtoz turkiy g‘azaliyotda “ko‘ngul” obrazining semantik va poetik funksiyalari tahlil qilinadi. Gadoiy, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari misolida ko‘ngulning lirik qahramon ruhiy kechinmalarini ifodalovchi makon, ishq va hijronni qabul qiluvchi markaz, mustaqil poetik subyekt hamda oshiqning ichki suhbatdoshi sifatidagi xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. “Ko‘ngul” obrazining tashxis, istiora va murojaat kabi badiiy vositalar orqali faollashib, mumtoz g‘azalning semantik strukturasini shakllantirishdagi o‘rni asoslanadi.

References

1.Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.

2.Is’hoqov Yo. Navoiy poetikasi (“Xazoyin ul-maoniy” asosida). – Toshkent: Fan, 1983. – 165 b.

3.Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent: Movarounnahr – O‘zbekiston, 2009.

4.Komilov N. Ma’nolar olamiga safar: Alisher Navoiy g‘azallariga sharhlar. – Toshkent: Tamaddun, 2012.

5.Gadoiy. Devon.

6.Zahiriddin Muhammad Bobur. Devon.

7.Ataniyazova M. Navoiy g‘azallarida ko‘ngul falsafasi // Science Time. – 2026.

Downloads

Published

2026-10-03