O‘ZBEKISTON VA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI TA’LIM TIZIMIDA MAKTAB BOSHQARUVINING INNOVATSION MEXANIZMLARINI QIYOSIY TAHLIL QILISH
Keywords:
maktab boshqaruvi, innovatsion mexanizm, ta’lim menejmenti, maktab direktori, maktab avtonomiyasi, decentralizatsiya, KPI, raqamli boshqaruv, taqsimlangan liderlik, pedagogik avtonomiya, O‘zbekiston, AQSH.Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim tizimida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini boshqarishning innovatsion mexanizmlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda maktab boshqaruvida markazlashuv va decentralizatsiya, maktab direktorining professional boshqaruvdagi roli, pedagoglarning qaror qabul qilishdagi ishtiroki, natijadorlikka asoslangan boshqaruv, KPI, raqamli boshqaruv va taqsimlangan liderlik kabi mexanizmlarning o‘rni ochib berilgan. O‘zbekistonda 2025-yildan maktab ta’limi boshqaruvini modernizatsiya qilish, zamonaviy menejerlik kompetensiyalariga ega rahbarlarni shakllantirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. AQSHda esa ta’lim boshqaruvi shtatlar va mahalliy ta’lim organlarining keng vakolatlari asosida tashkil etilgan. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston maktablari uchun maktab avtonomiyasi, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv, taqsimlangan liderlik, raqamli boshqaruv va KPI mexanizmlarini uyg‘unlashtirishga asoslangan innovatsion boshqaruv yondashuvi taklif etiladi.
References
1.OECD. (2020). TALIS 2018 Results (Volume II): Teachers and School Leaders as Valued Professionals. OECD Publishing, Paris. https://doi.org/10.1787/19cf08df-en.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2025). Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida. PF-51-son Farmon, 19-mart 2025-yil.
3.U.S. Department of Education. The Federal Role in Education. U.S. Department of Education.
4.OECD. (2025). Results from TALIS 2024 – Country Note: United States. OECD Publishing.
5.OECD. (2025). Results from TALIS 2024 – Country Note: Uzbekistan. OECD Publishing.
6.OECD. (2025). Results from TALIS 2024: The State of Teaching. OECD Publishing, Paris.
7.Bush, T. (2020). Theories of Educational Leadership and Management. Sage Publications.
8.Hallinger, P. (2018). Bringing context out of the shadows of leadership. Educational Management Administration & Leadership, 46(1), 5–24.
9.Hargreaves, A., & Fullan, M. (2012). Professional Capital: Transforming Teaching in Every School. Teachers College Press.
10.Leithwood, K., Harris, A., & Hopkins, D. (2020). Seven strong claims about successful school leadership revisited. School Leadership & Management, 40(1), 5–22.
11.Murphy, J. (1994). Principles of School-Based Management. ERIC Clearinghouse on Educational Management.
12.Spillane, J. P. (2006). Distributed Leadership. Jossey-Bass.