QO‘SHMA GAP STRUKTURASIDA ILOVA KONSTRUKSIYALARINING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
qo‘shma gap, ilova konstruksiya, sintaktik struktura, komponent, qo‘shimcha axborot, mazmuniy aloqa, kommunikativ sintaksis, semantik munosabat.Abstract
Mazkur maqolada qo‘shma gap strukturasida yuzaga keluvchi ilova konstruksiyalarining sintaktik, semantik va kommunikativ xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilova qismining qo‘shma gap komponentlari bilan grammatik va mazmuniy munosabati, uning qo‘shimcha axborot ifodalashdagi vazifasi hamda gapning kommunikativ strukturasini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Ilova konstruksiyalarining asosiy sintaktik birlikdan formal jihatdan ajralishi, biroq mazmunan u bilan uzviy bog‘lanishi ularning muhim belgisi sifatida qaraladi. Tadqiqot natijalari qo‘shma gap tarkibidagi ilova konstruksiyalari asosiy axborotni izohlash, aniqlashtirish, ta’kidlash va unga qo‘shimcha ma’lumot kiritish imkonini berishini ko‘rsatadi.
References
1.G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis.
2.Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
3.Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi masalalari.
4.Mahmudov N. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi.
5.Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.