FILOLOGIYA YO‘NALISHI BAKALAVRIAT TALABALARINING INGLIZ TILIDA KO‘P MANBALI AKADEMIK YOZUV VA SINTEZ KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
akademik yozuv, ko‘p manbali yozuv, sintez kompetensiyasi, manbadan foydalanish, source integration, filologiya talabalari, ingliz tili, paraphrase, akademik argumentatsiya.Abstract
Mazkur tezis filologiya yo‘nalishi bakalavriat talabalarining ingliz tilida ko‘p manbali akademik yozuv va sintez kompetensiyasini rivojlantirishning metodik asoslarini yoritishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy akademik yozuvda talabadan bitta manba mazmunini qayta bayon qilish emas, balki bir nechta manbadan zarur axborotni tanlash, manbalarni qiyosiy tahlil qilish, ularning o‘zaro bog‘liqligi va farqlarini aniqlash, manba mazmunini mustaqil ravishda qayta ishlash hamda turli manbalardagi g‘oyalarni yagona mantiqiy akademik matnga integratsiyalash talab etilishi bilan belgilanadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili ko‘p manbali yozuv sintez, manbadan foydalanish, o‘qish va yozish jarayonlarining o‘zaro integratsiyasi hamda akademik argumentatsiya bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi [1; 2; 3; 4]. Shu asosda tezisda talabalarning ko‘p manbali akademik yozuv kompetensiyasini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik model taklif etiladi. Model manbani anglash va baholash, manbalarni qiyoslash, axborotni transformatsiya qilish, ko‘p manbali sintezni amalga oshirish hamda mustaqil akademik matn yaratish bosqichlarini qamrab oladi.
References
1.Plakans, L., & Gebril, A. (2012). A close investigation into source use in integrated second language writing tasks. Assessing Writing, 17(1), 18–34. DOI: 10.1016/j.asw.2011.09.002.
2.Vandermeulen, N., van den Broek, B., Van Steendam, E., & Rijlaarsdam, G. (2020). In search of an effective source use pattern for writing argumentative and informative synthesis texts. Reading and Writing, 33, 239–266. DOI: 10.1007/s11145-019-09958-3.
3.Plakans, L., & Gebril, A. (2013). Using multiple texts in an integrated writing assessment: Source text use as a predictor of score. Journal of Second Language Writing, 22(3), 217–230. DOI: 10.1016/j.jslw.2013.02.003.
4.Doolan, S. M. (2021). An exploratory analysis of source integration in post-secondary L1 and L2 source-based writing. English for Specific Purposes, 62, 128–141. DOI: 10.1016/j.esp.2021.01.003.
5.Liu, G.-Z., Lin, V., Kou, X., & Wang, H.-Y. (2016). Best practices in L2 English source use pedagogy: A thematic review and synthesis of empirical studies. Educational Research Review, 19, 36–57. DOI: 10.1016/j.edurev.2016.06.002.
6.Chuang, P.-L., & Yan, X. (2023). Connecting source use and argumentation in L2 integrated argumentative writing performance. Journal of Second Language Writing, 60, 101003. DOI: 10.1016/j.jslw.2023.101003.