TEATR TERMINOLOGIYASINING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING NUTQIY FAOLIYATDA NAMOYON BO‘LISHI

Authors

  • Iroda Sultonova Shukrulla qizi Qarshi davlat universiteti o’qituvchisi

Keywords:

Kalit so‘zlar: teatr terminologiyasi, psixolingvistika, mental leksikon, nutqiy faoliyat, termin, assotsiatsiya, konseptuallashtirish, mental reprezentatsiya, professional diskurs, kommunikativ vaziyat.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada teatr terminologiyasining psixolingvistik xususiyatlari, maxsus terminlarning inson mental leksikonida shakllanishi, saqlanishi, faollashuvi va nutqiy faoliyat jarayonida qo‘llanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Teatr terminlari faqat muayyan kasbiy tushunchalarni ifodalovchi nominativ birliklar sifatida emas, balki idrok, xotira, assotsiatsiya, konseptuallashtirish va nutq hosil qilish jarayonlari bilan bog‘liq murakkab kognitiv-lisoniy birliklar sifatida talqin etiladi. Sahna, rol, obraz, replika, mizanssena, dekoratsiya, kulisa, improvizatsiya, monolog, dialog va rekvizit kabi terminlar misolida ularning mental reprezentatsiyasi, kontekstual faollashuvi, assotsiativ aloqalari va professional nutqdagi funksional xususiyatlari yoritiladi.

References

1.Fischer-Lichte E., Arjomand M., Mosse R. The Routledge Introduction to Theatre and Performance Studies. – London–New York: Routledge, 2014. – 214 p.

2.Aitchison J. Words in the Mind: An Introduction to the Mental Lexicon. 4th ed. – Wiley-Blackwell, 2012. – 350 p.

3.Usmonova Sh., Shamsiyeva Sh. Psixolingvistika. – Toshkent: Bookmany Print, 2022. – 188 b.

4.Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. – Jizzax: Sangzor, 2006. – 92 b.

5.Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002.

6.Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019.

7.Fortier, M. Theory/Theatre: An Introduction. 4th ed. London–New York: Routledge, 2025.–268 p.

Downloads

Published

2026-09-20