SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “YASHIL NIVA” HIKOYASIDA SHAXSGA SIG‘INISH VA QO‘RQUV PSIXOLOGIYASI
Keywords:
Shukur Xolmirzayev, “Yashil Niva”, shaxsga sig‘inish, qo‘rquv psixologiyasi, ruhiy qaramlik, itoatkorlik, amaldor hokimiyati, badiiy ramz.Abstract
Mazkur tezisda Shukur Xolmirzayevning “Yashil Niva” hikoyasida shaxsga sig‘inish hodisasi va uning inson ruhiyatida shakllantiradigan qo‘rquv psixologiyasi tahlil qilinadi. Asarda sho‘ro tuzumi davridagi amaldorlar hokimiyati, mansabdor shaxs oldidagi itoatkorlik, andisha niqobi ostidagi qo‘rquv hamda uning inson ongida uzoq vaqt saqlanib qolishi badiiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda bosh qahramonning ruhiy kechinmalari, amaldor obrazi va yashil “Niva” avtomobilining ramziy-badiiy funksiyasiga e’tibor qaratiladi. Hikoya yakunida amaldorning hokimiyati tugagan bo‘lsa-da, qahramonning yashil “Niva”ni ko‘rganida hamon qo‘rquvni his qilishi shaxsga sig‘inishning inson ruhiyatida qoldirgan chuqur izini namoyon etadi.
References
1.Mirzayev I. Erkin soʻz masʼuliyati // Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. – 1989.
2.Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish: Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: Fan, 2007.
3.Xolmirzayev Sh. Saylanma. 1-jild: Hikoyalar. – Toshkent: Sharq, 2005.
4.Yoʻldoshev Q., Yoʻldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Kamalak, 2016.