SIYOSIY PARTIYALARNING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI ISHTIROKI
Keywords:
partiyala, Oʻzbekiston, siyosiy, tizimAbstract
Siyosiy partiyalar jamiyatni harakatga keltiruvchi asosiy siyosiy kuch hisoblanadi. Zero, parlamentarizmning rivojlanib borishi siyosiy partiyalar o’rtasida sog’lom siyosiy raqobatni vujudga keltiradi. Konstitutsiyamizning 10,12- moddalarida keltirilgandek Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs Oʻzbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas. Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.Bu esa jamiyatimizda saylov erkinligi, so’z erkinligi, ovozlarni halolik bilan sanash, ijtimoiy fikrdan bahramand bo’lish, ijtimoiy manfaatlar integratsiyasi hamda erkin, demokratik saylovlarda siyosiy kuchlar raqobati kabi qat’iy tizimlarning shakllanishiga zamin yaratadi