TALABALARDA KASBIY KREATIV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNI PSIXOLOGIK PEDAGOGIK JIHATLARI
Keywords:
kasbiy kreativ kompetensiya, kreativlik, divergent tafakkur, motivatsiya, refleksiya, interfaol metodlar, innovatsion ta’lim, pedagogik yondashuv, psixologik omillar, talaba shaxsi, ijodiy fikrlash, ta’lim muhiti.Abstract
Ushbu tezisda talabalarda kasbiy kreativ kompetensiyalarni shakllantirishning psixologik va pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Unda kreativlik tushunchasining mazmuni, uning shaxs rivojidagi o‘rni hamda talabalarning kasbiy faoliyatida namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar — motivatsiya, divergent tafakkur, tasavvur va refleksiya jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Pedagogik jihatdan esa interfaol o‘qitish metodlari, innovatsion texnologiyalar, o‘qituvchi faoliyati va ta’lim muhiti orqali kreativlikni shakllantirish mexanizmlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida talabalarda kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali yondashuvlar aniqlangan