BOZOR MUVOZANATI VA UNING KOʻRINISHLARI
Keywords:
bozor muvozanati, taklif va talab, narx mexanizmi, statik muvozanat, dinamik muvozanat, iqtisodiy tahlil.Abstract
Ushbu maqolada bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalaridan biri bo‘lgan bozor muvozanatining nazariy-uslubiy asoslari, uning turli ko‘rinishlari va shakllanish mexanizmlari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida bozor muvozanati - nafaqat talab va taklif hajmlarining o‘zaro tenglashuvi, balki resurslarning samarali taqsimlanishini ta’minlovchi narx mexanizmining barqarorlik holati sifatida talqin etilgan. Maqolada muvozanatning statik va dinamik modellariga alohida e’tibor qaratilib, o‘zgaruvchan tashqi omillar ta’sirida bozorning qayta tiklanish xususiyatlari (to‘liq va qisman muvozanat misolida) o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari bozor mexanizmi samaradorligini baholashda, iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilishda hamda davlatning tartibga solish siyosatini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.