R. MERTONNING “FAN SOTSIOLOGIYASI” ASARI (1973)
Keywords:
universalizm, kollektivizm, ilmiy etika, innovatsiya, jamiyat, ijtimoiy tuzilma, anomiya, o‘rta darajadagi nazariya, kumulativ ustunlik, ilmiy hamjamiyat.Abstract
Ushbu maqolada Robert K. Mertonning “Fan sotsiologiyasi” asari asosida ilm-fan tizimining ichki mexanizmlari hamda uni shakllantiruvchi ijtimoiy omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilmiy faoliyatning jamiyatdagi o‘rni, olimlar faoliyatining etik jihatlari va ilmiy hamjamiyatdagi o‘zaro munosabatlar yoritib beriladi.Shuningdek, Merton tomonidan ilgari surilgan universalizm, kollektivizm, fidoyilik va tashkillashtirilgan skeptitsizm kabi tamoyillar ilmiy faoliyatning asosiy mezonlari sifatida izohlanadi. Maqolada ilmiy innovatsiyalar, akademik tan olinishi va fan rivojiga ta’sir etuvchi ijtimoiy sharoitlar ham tahlil qilinadi.Bundan tashqari, “kumulativ ustunlik” (Mattey effekti) tushunchasi orqali ilmiy rivojlanish jarayonidagi farqlar va ularning sabablari ko‘rsatib beriladi. Ushbu tadqiqot fan va jamiyat o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.