IJTIMOIY TARMOQLAR DAVRIDA DIN: VIRTUAL DINIY MUHIT VA UNING TA’SIRI
Keywords:
Ijtimoiy tarmoqlar, din, virtual muhit, diniy ong, yoshlar, diniy identifikatsiya, axborot oqimi, dezinformatsiya, mediasavodxonlik, radikallashuv.Abstract
Ushbu tadqiqot ijtimoiy tarmoqlar davrida dinning yangi shakllanishi, xususan, virtual diniy muhitning paydo bo‘lishi va uning jamiyatga ta’sirini tahlil qiladi. Zamonaviy kommunikatsiya vositalari orqali diniy bilimlar keng ommaga tez va oson yetib bormoqda. Bu jarayon diniy ongning shakllanishida muhim omilga aylangan. Virtual platformalar orqali diniy ulamolar, blogerlar va oddiy foydalanuvchilar o‘z qarashlarini ulashib, diniy muhokamalarni kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, nazoratsiz axborot oqimi noto‘g‘ri yoki radikal g‘oyalarning tarqalishiga ham zamin yaratishi mumkin. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar diniy identifikatsiyasiga ta’siri, diniy kontentning ishonchliligi hamda an’anaviy diniy institutlar bilan o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, virtual muhitning ijobiy jihatlari, jumladan, diniy savodxonlikni oshirish va muloqot imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ham yoritiladi. Natijada, ijtimoiy tarmoqlarda diniy faoliyatni tartibga solish, axborot madaniyatini rivojlantirish va tanqidiy fikrlashni shakllantirish zarurligi asoslab beriladi.