TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Keywords:
tijorat banklari, moliyaviy barqarorlik, kapital yetarliligi, likvidlik, risklarni boshqarish, Bazel III, bank islohotlari, O’zbekiston bank tizimi, raqamlashtirish, stress-test.Abstract
Ushbu maqolada O’zbekiston tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Kapital yetarliligi, likvidlikni boshqarish, risklarni samarali nazorat qilish, raqamlashtirish va Bazel III standartlarini joriy etish yo’llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada milliy strategiyalar (“2020–2025-yillarga mo’ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi”, 2025–2028-yillarga “Yo’l xarita”), Markaziy bank ma’lumotlari va xalqaro tashkilotlar (XVJ, Jahon banki) tavsiyalari asosida amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot bank rahbarlari, mutaxassislar va qaror qabul qiluvchilar uchun foydali bo’lishi mumkin.