INGLIZ TILIDA ESHITISH SEZGISINI IFODALOVCHI LEKSEMALARNING SEMANTIK XUSUSIYATI

Authors

  • Muxamadaliyeva Maftuna Qobuljon qizi ADU 2-kurs doktoranti

Keywords:

eshitish sezgisi, leksema, semantika, denotativ ma’no, konnotativ ma’no, hear, listen, semantik differensiasiya, metafora, pragmatika, diskurs, kognitiv tilshunoslik

Abstract

 Mazkur ilmiy maqolada ingliz tilida eshitish sezgisini ifodalovchi leksemalarning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida hear, listen, sound, noise, voice, whisper, echo kabi birliklarning ma’no tarkibi, ularning denotativ va konnotativ jihatlari hamda kontekstual qo‘llanilish xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, ushbu leksemalarning semantik differensiasiyasi, ya’ni sezgi jarayonining passiv va aktiv shakllari (masalan, hear va listen o‘rtasidagi farq) ilmiy asosda izohlanadi. Maqolada eshitish sezgisi bilan bog‘liq leksemalarning metaforik kengayishi, pragmatik yuklamasi va diskursiv funksiyalari ham tahlil qilinadi. Natijada, ingliz tilidagi eshitish sezgisiga oid birliklarning til tizimidagi o‘rni va ularning kognitiv-semantik mohiyati aniqlashtiriladi.

Downloads

Published

2026-04-17