GRAFIK MUHARRIRLAR YORDAMIDA TASVIRLAR YARATISH VA ULARNI TAHRIRLASH
Keywords:
grafik muharrirlar, tasvir tahrirlash, Photoshop, Illustrator, raqamli dizayn, vizual kommunikatsiya, grafik dizayn, effektlar.Abstract
Mazkur tezisda grafik muharrirlar yordamida tasvirlar yaratish va ularni tahrirlash jarayonlari tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar rivoji natijasida Photoshop, Illustrator kabi grafik dasturlar dizayn sohasida keng qo‘llanilmoqda. Ushbu dasturlar yordamida tasvirlarni yaratish, ranglarni o‘zgartirish, effektlar qo‘shish va sifatini yaxshilash imkoniyati mavjud. Tadqiqotda grafik muharrirlarning asosiy funksiyalari va ularning amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ta’lim, reklama va media sohalarida grafik dizaynning ahamiyati yoritiladi. Grafik muharrirlar ijodkorlikni rivojlantirish va vizual kommunikatsiyani kuchaytirishda muhim vosita hisoblanadi.