TURKISTON GENERAL-GUBERNATORI KENGASHI IMPERIYA BOSHQARUV TIZIMIDA O‘ZIGA XOS INSTITUT SIFATIDA: ZAMONAVIY VA TARIXIY BAHOLAR

Authors

  • Abdujabbarov Sherzod Abdusattor o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston Tarix fakulteti «Jahon tarixi» kafedrasi o‘qituvchisi

Keywords:

Turkiston general-gubernatorligi, Kengash, imperiya boshqaruvi, harbiy-xalq boshqaruvi, mustamlaka siyosati, ma’muriy institut, huquqiy maqom, tarixshunoslik.

Abstract

 Ushbu maqolada Turkiston general-gubernatorligi qoshidagi Kengashning Rossiya imperiyasi boshqaruv tizimidagi o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Mazkur institutning tashkil etilish sabablari, uning qonun chiqaruvchi va maslahat beruvchi organi sifatidagi vakolatlarini ko‘rib chiqadi. Tadqiqotda Kengashning "harbiy-xalq boshqaruvi" tizimidagi ahamiyati hamda markaziy hokimiyat bilan mahalliy ma’muriyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlashdagi roli tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, maqolada sovet davri va mustaqillik yillari tarixshunosligidagi turlicha qarashlar qiyoslanib, institutning mintaqa ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri bo‘yicha zamonaviy xulosalar berilgan.

Downloads

Published

2026-04-12