TARJIMA JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN SEMANTIK VA PRAGMATIK XATOLAR: MASS MEDIA DISKURSIDA

Authors

  • Dildora Xaitbaevna Turaeva Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Keywords:

tarjima, semantik xatolar, pragmatik xatolar, mass media diskursi, kommunikativ maqsad, kontekst, ma’no buzilishi, tarjima sifati, tilshunoslik, diskurs tahlili

Abstract

Mazkur maqolada tarjima jarayonida uchraydigan semantik va pragmatik xatolar, xususan, ommaviy axborot vositalari (mass media) diskursi doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda semantik xatolarning ma’no buzilishiga, pragmatik xatolarning esa kommunikativ maqsad va kontekst noto‘g‘ri talqin qilinishiga olib kelishi ko‘rsatib beriladi. Turli  til juftliklarida (masalan, ingliz va o‘zbek tillari) tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar misollar asosida yoritiladi. Maqolada mass media matnlarining o‘ziga xosligi – tezkorlik, auditoriyaga yo‘naltirilganlik va ekspressivlik – tarjima sifatiga qanday ta’sir qilishi ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari tarjimonlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi hamda tarjima jarayonida semantik va pragmatik muvozanatni saqlash muhimligini asoslaydi.

Downloads

Published

2026-04-08