BADIIY DISKURSDA HUSHMUOMILALIK (ETIKET)GA OID LINGVISTIK NAZARIYALAR
Keywords:
hushmuomalalik, etiket, badiiy diskurs, pragmatika, diskurs tahlili, nutq aktlari, kommunikativ strategiyalar, bilvositalik, yuzni saqlash.Abstract
Mazkur maqolada badiiy diskursda hushmuomalalik (etiket)ning lingvistik nazariyalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hushmuomalalikning til vositalari, kommunikativ strategiyalar hamda madaniy omillar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Ish Pragmatika va Diskurs tahlili nazariy asoslariga tayangan holda olib borilgan bo‘lib, unda nutq aktlari, yuzni saqlash strategiyalari, bilvosita ifodalar va kontekstning ahamiyati yoritiladi. Maqolada hushmuomalalikning badiiy matnlarda qanday ifodalanishi, qahramonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni aks ettirishdagi roli hamda madaniy qadriyatlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Mualliflar tomonidan qo‘llaniladigan uslubiy vositalar orqali hushmuomalalikning badiiy ifodasi ochib beriladi. Tadqiqot natijalari hushmuomalalikning nafaqat kommunikativ, balki madaniy va estetik hodisa ekanligini ko‘rsatadi.