BADIIY TARJIMADA LEKSIK EKVIVALENTLIK VA ADEKVATLIK MUAMMOLARI (“HANKA BILAN TANKA” HIKOYASI TURKCHA TARJIMASI MISOLIDA)
Keywords:
leksik ekvivalentlik, adekvatlik, tarjima nazariyasi, badiiy tarjima, qiyosiy tahlil, semantika, milliy kolorit, kontekst.Abstract
Mazkur maqolada tarjima nazariyasining muhim tushunchalaridan biri bo‘lgan leksik ekvivalentlik va adekvatlik masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot ob’ekti sifatida Said Ahmad ning “Hanka bilan Tanka” hikoyasining turk tiliga tarjimasi tanlangan. Maqolada asliyat va tarjima matnlari qiyosiy tahlil qilinib, leksik birliklarning mos kelish darajasi, semantik nozikliklar va milliy-kulturologik xususiyatlarning ifodalanishi o‘rganiladi. Tarjimada adekvatlikni ta’minlashda tarjimonning strategiyalari, so‘z tanlovi va kontekstga moslashtirish usullari yoritiladi. Tadqiqot natijasida leksik ekvivalentlik har doim ham to‘liq adekvatlikni ta’minlamasligi, adekvat tarjima esa kengroq kontekstual va madaniy omillarni hisobga olishni talab qilishi asoslab beriladi.