BADIIY MATNDA LINGVISTIK VA EKSTRALINGVISTIK OMILLARNING AKS ETISHI
Keywords:
badiiy matn, lingvistik omillar, ekstralingvistik omillar, diskurs, kontekst, stilistika, pragmatika, kommunikativlik, ifodaviy vositalar, interpretatsiyaAbstract
Ushbu maqolada badiiy matnda lingvistik va ekstralingvistik omillarning aks etishi masalasi tahlil qilinadi. Lingvistik omillar sifatida leksik, grammatik va sintaktik vositalarning matn mazmunini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shu bilan birga, ekstralingvistik omillar — madaniy, tarixiy, ijtimoiy muhit hamda muallifning individual dunyoqarashi badiiy matnning chuqur qatlamlarini ochishda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada ushbu omillarning o‘zaro bog‘liqligi va badiiy matnni tushunishdagi roli ochib berilib, lingvistik birliklar va kontekst uyg‘unligida mazmun hosil bo‘lishi asoslab beriladi.