TIJORAT BANKLARI IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING NAZARIY JIHATLARI

Authors

  • Uralov Shavkat Makhramovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlik” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

Abstract

Tijorat banklari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash zamonaviy moliya tizimining barqaror faoliyat yuritishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki banklar iqtisodiyotning asosiy moliyaviy vositachilari sifatida kapital harakatini ta’minlaydi, investitsion jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydi va to‘lov tizimining uzluksizligini kafolatlaydi. Shu sababli banklarning iqtisodiy xavfsizligi nafaqat alohida moliya institutining ichki barqarorligi, balki butun moliya tizimining barqarorligi va milliy iqtisodiyot xavfsizligi bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi ko‘p qirrali kategoriya sifatida talqin qilinib, u bankning tashqi va ichki tahdidlarga bardoshliligi, risklarni samarali boshqarish qobiliyati hamda uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlash salohiyatini ifodalaydi. Shu nuqtai nazardan, tijorat banklari iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslari risk-menejment nazariyasi, institutsional yondashuv, tizimli barqarorlik konsepsiyasi hamda korporativ boshqaruv tamoyillariga tayangan holda shakllanadi.

Downloads

Published

2026-03-31