SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA AXBOROTNI IZLASH TIZIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
Keywords:
Sun’iy intellekt, axborotni izlash tizimi, mashinaviy o‘rganish, chuqur o‘rganish (Deep Learning), tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), semantik qidiruv, bilimlar bazasi, ma’lumotlar tahlili, katta ma’lumotlar (Big Data), reytinglash algoritmlari, tavsiya tizimlari, foydalanuvchi xatti-harakati, personalizatsiya, axborot filtrlash, ma’lumotlarni indekslash, qidiruv algoritmlari, kontekstual tahlil, raqamli axborot tizimlari, sun’iy neyron tarmoqlar.Abstract
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda axborotni izlash tizimlarining samaradorligini oshirish masalalari atroflicha tahlil qilgan xolda namoyon etiladi. Zamonaviy qidiruv tizimlarida uchraydigan muammolar, xususan, foydalanuvchi so‘rovlarini noto‘g‘ri talqin qilish, ortiqcha yoki noaniq natijalar chiqarish hamda semantik bog‘lanishlarning yetarli darajada hisobga olinmasligi kabi kamchiliklar ko‘rib chiqilib, kerakli ma’lumotlar ko'rsatiladi.
Maqolada mashinaviy o‘rganish, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), semantik qidiruv va chuqur o‘rganish (Deep Learning) kabi sun’iy intellekt yo‘nalishlarining axborot izlash tizimlaridagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, foydalanuvchi ehtiyojlarini aniqlash, qidiruv natijalarini shaxsiylashtirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni samarali qayta ishlash hamda real vaqt rejimida tahlil qilish usullari asoslab beriladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan yondashuvlar qidiruv tizimlarining aniqligi, tezkorligi va foydalanuvchi uchun qulayligini sezilarli darajada oshiradi. Maqola yakunida mazkur texnologiyalarni amaliyotga joriy etish istiqbollari va ularning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari haqida xulosalar keltiriladi.