MULTIMEDIA MA’LUMOTLARIDAN AXBOROTNI IZLASH TEXNOLOGIYALARI
Keywords:
Kalit so’zlar: multemediya, Interaktiv texnologiyalar, virtual borliq, Distant, Macintosh, videokonferensiyaAbstract
Mazkur maqolada multimedia vositalari va ulardan foydalanish haqida so’z boradi.Mazkur vositalarga alohida e’tibor qaratilsa tizimda yutuqlarga erishish mumkin. XXI asrda jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan va texnologiyalar rivoji
natijasida axborotlarni qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish masalasi muhim o‘rin tutmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari hayotimizga chuqur kirib kelgan bir vaqtda, ma’lumotlarni samarali, qisqa muddatda va aniq shaklda yetkazish uchun yangi, ilg‘or yondashuvlar yuzaga kelmoqda. Hozirgi kunda axborotni nafaqat matn yoki oddiy rasm ko‘rinishida, balki ko‘rish, eshitish harakat tovush kabi turli xil ko‘rinishlarda taqdim qilish imkoniyati mavjud. Buning uchun asosiy yordamchi omil sifatida multimedia texnologiyalari qaralmoqda.